Му5
5

"Qarshida ayollarni zo`rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!" (Video)

Jamiyat 27.01.2020, 17:30
Теглар: Video
6639
"Qarshida ayollarni zo`rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!" (Video)

2020 yil 24 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqning YouTube saytiga "Qarshida ayollarni zo`rlash boshlandimi? Prokuror, sudyalar sotilganmi? Dahshat!"sarlavhali videotasvir joylashtirilganligi yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIBB axborot xizmati munosabat bildirdi.

        Qarshi shahar, “Shohbekat” MFY, Istiqbol ko`chasi, 21-a-uyda yashovchi fuqaro Berdieva Dilfuza O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida “2019 yil 12 avgust kuni soat 2040 larda Qarshi Lokomotiv deposi “Mashinistlar dam olish uyi” dagi xodimlar ovqatlanadigan xonaga kirganida, unga tanish bo`lgan Sh.A.Ne`matullaev uni ortidan kirganligini, so`ngra chiroqni o`chirib, qo`lidan ushlab, yopisha boshlaganligini, uni bir necha marotaba itarib tashlaganligini, og`zidan keladigan hidga chidab bo`lmasligini, uni nomusiga tegmoqchiligini, so`ngra ayollik sha`ni, qadr-qimmati zo`rlanmoqchiligini bilib, jon talvasasi bilan eshikka yugurganligini, so`ngra unga notanish bo`lgan xizmat safaridagi komandir eshikni ochganligini, Sh.Ne`matullaev eshikni qaytarib yopganligini, shu zahoti u zal tomonga harakatlanganligini, so`ngra Sh.Ne`matullaev uni uyali qo`l telefonini yulib olganligini, so`ngra uni telefonini S.Qurbonov olib kelib berganligini, Sh.Ne`matullaevga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni, unga nisbatan etkazilgan 50.000.000 (ellik million) so`m miqdoridagi moddiy-ma`naviy zararni undirishlikni” so`ragan.

     Fuqaro D.I.Berdievaning arizasi Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB Navbatchilik qismidan 13.08.2019 yildaro`yxatdan o`tkazilgan. 

       Bundan tashqari, G`uzor tumani Qoratikan qishlog`ida yashovchi fuqaro Ne`matullaev Shahzodjon Abror o`g`li Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida “2019 yil 12 avgust kuni soat 20.00 larda Qarshi Lokomotiv deposi “Mashinistlar dam olish uyi” dagi 12-raqamli xonaga joylashganligini, dam olish uyining navbatchisi D.I.Berdieva bilan o`zaro tortishib qolganligini, unga D.I.Berdieva “Seni onang iflos, seni odam tug`magan, it tuqqan”-deb aytib, uni og`izga olib bo`lmas so`zlar bilan haqorat qilganligini, shu sababli jahl ustida uni ham og`izga olib bo`lmas so`zlar bilan haqorat qilganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni” so`ragan.

       Fuqaro Sh.A.Ne`matullaevning arizasi Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB Navbatchilik qismidan 15.08.2019 yilda  ro`yxatdan o`tkazilgan. Holat yuzasidan D.I.Berdieva, Sh.A.Nematullaev, O`.R.Jumaev, U.A.Rejabov, M.N.Muminova, Sh.X.Choriev, J.I.Hamdamov, S.E.Qurbonov, A.A.Jalilov, B.G.Arslanovlardan tushuntirish xatlari olinib, ish hujjatlariga qo`shilgan. 

Qashqadaryo viloyati Narkologiya dispanseri navbatchi shifokori tomonidan 13.08.2019 yilda o`tkazilgan tekshiruvda, fuqaro Ne`matullaev Shahzodjon Abror o`g`li hushyor holatda ekanligi aniqlangan.

Qarshi Lokomotiv deposi boshlig`ining 14.08.2019 yildagi 93v-sonli buyrug`iga asosan uzrli sabablarsiz ish joylarini tark etganliklari uchun bosh energetik Sh.Chorievga Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan xayfsan intizomiy jazosi, qozonxona mashinisti Sh.Teriqulovga Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan o`rtacha oylik ish haqidan  20 % miqdorida intizomiy jazo choralari qo`llanilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boshqarma XPB katta inspektori  tomonidan olib borilib, natijasi bo`yicha 19.08.2019 yilda Sh.A.Nematullaevga nisbatan MJtKning  41-moddasi bilan, D.I.Berdievaga nisbatan MJtKning 41-moddasi tartibida ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, Qarshi shahar ma`muriy sudiga 34/6-1174-chiqish bilan yuborilgan.

Bundan tashqari, D.I.Berdievaning Qarshi transport prokuraturasiga yozgan arizasi 24-19-288-chiqim bilan 12.09.2019 yilda Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTBga aloqa xati asosida yuborilib, Boshqarma Navbatchilik qismidan 12.09.2019 yilda ro`yxatdan o`tkazilgan.

 

Шарҳлар

Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs fermerni «tepib haydadi» (Video 18+)

15.02.2020, 15:16

Bugun norasmiy telegram kanallari va ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani hokimligi huquqshunosi ekani aytilayotgan shaxs bilan bog`liq video tarqaldi.Videoda fermerni huquqshunos tepib hokimiyat binosidan haydab yuborgani...
O`zbekistonda koronavirus aniqlanmadi (Video)

14.02.2020, 21:30

Koronavirus infeksiyasi to`g`risidagi ishonchli ma`lumotlarni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida tashkil etilgan koronavirusga qarshi markaziy shtabdan olish mumkin. Bu shtab o`z faoliyatini tunu kun davom ettirmoqda....
Toshkentda o`z otasini urgan yigit holatni izohladi (Video)

14.02.2020, 15:20

Ijtimoiy tarmoqlarda ota va o`g`il mojarosi aks etgan video tarqaldi. U jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo`ldi. Unda o`g`ilning o`z otasiga tazyiq o`tkazgani, hattoki qo`l ko`targani...
Tilanchi o`z xatosining qurboni bo`ldi (Video)

12.02.2020, 15:55

Joriy yilning 21-31 yanvar oralig`ida respublika bo`ylab, 125 ta avtohalokat sodir bo`lgan va uning natijasida 54 nafar inson bu hayotdan ko`z yumgan. Piyodalar ishtirokida esa...