Tashkent City Congress hall da bo`lib o`tgan bugungi Xalqaro press-klubning navbatdagi matbuot anjumanida ishtirok etgan Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Maqsud Yuldashevning ta`kidlashicha:
– Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar, shu jumladan, onalarga e`tibor alohida e`tirof etilib, ularga shart-sharoitlar yaratish shart. Vazirlik tomonidan o`rta va uzoq istiqboldagi muddatlar uchun strategik vazifalar ishlab chiqilgan. Hozirgi asosiy vazifamiz bo`lgan bolalarni maktabga tayyorlash va qamrov bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta`lim muassalarida o`z maktab va bog`chalarini tashkil etish bo`yicha takliflar kelib tushyapti. Jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida maktab va bog`cha tashkil etish taklifi berilgan. Hozirda oliy ta`lim muassasalarida imkoniyatlar keng. Bu takliflarni qonuniylashtirgan holda, yangi shaklda joriy etish mumkin.
Biroz avval uyidan xususiy bog`cha ochmoqchi bo`lganlar uchun tavsiyalar berilgan edi.