Alphabet feyk suratlarni aniqlaydigan servis yaratdi

Hi-tech 05.02.2020, 19:15
Теглар: Alphabet, feyk
866
Alphabet feyk suratlarni aniqlaydigan servis yaratdi

Alphabet xolding tarkibiga kiruvchi Jigsaw kompaniyasi suratlarning haqiqiyligi va uning tahrirlanganligini aniqlovchi Assembler bepul xizmatini taqdim etdi, deb xabar beradi The New York Times manbasi asosida Daryo.

Dastur suratlarning birlashtirilganini yoki ob`ektlardan nusxa ko`chirilganini, shuningdek, neyrotarmoqlar orqali yaratilgan feyk suratlarni aniqlashga qodir. Assembler’ni yaratishga Berklidagi Kaliforniya, Merilend va Italiyaning Neapolitan universitetlaridan mutaxassislar jalb qilingan.

Dastur mualliflarining ta`kidlashicha, Assembler birinchi navbatda yangiliklar agentligida ishlaydigan jurnalistlarga yordam berish maqsadida yaratilmoqda. Dastur yordamida jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlardagi soxta suratlarni tezda aniqlay oladi. Hozirgi kunda Assembler’ni sinvodan o`tkazishda yirik ommaviy axborot vositalarida, xususan, Agence France-Presse ishtirok etmoqda.

Assembler keng omma foydalanishi uchun mo`ljallanmagan.

Шарҳлар