AsosiyDunyo

O`limi hamon sirligicha qolayotgan mashhur xonanda

'O`limi hamon sirligicha qolayotgan mashhur xonanda'ning rasmi

1977 yil 16 avgust kuni 42 yoshli Elvis Preslining jasadi qallig`i Presli Ginger Alden tomonidan “Graceland” saroyining hammomida topilgan.

Xabarlarga ko`ra, rok-n-roll qiroli og`riq qoldiruvchi va tinchlantiruvchi vositalar miqdorining haddan tashqari ko`payib ketishi tufayli yurak xurujidan vafot etgan.

Presli o`limining soxtaligi haqidagi shubhalar qaerdan paydo bo`lgan?

Gap shundaki, Presli vafotidan ko`p o`tmay, uning muxlislaridan biri Memfis aeroportida undan dastxat olgan va ekspertiza namunaning haqiqiyligini tasdiqlagan. Bundan tashqari, tergovning maxfiy tarzda olib borilishi skeptiklarni yanada vahimaga tushirgan, deydi “odam.uz”.

Preslining muxlislari uning o`limini haddan tashqari shov-shuv, matbuot bilan muloqot va intervyularsiz “osudalikka ketish” uchun uyushtirilgan  sahna ko`rinishi, deb hisoblashadi. Aytishlaricha, qo`shiqchi umrining qolgan qismini biron bir iliq mamlakatda o`tkazishga qaror qilgan. Buning uchun uning etarli mablag`i ham bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar