42

Yangilangan Kia Rio avtomobilining surati e`lon qilindi

Hi-tech 04.03.2015, 13:21
4861
Yangilangan Kia Rio avtomobilining surati e`lon qilindi

Internet tarmoqlarida yangilangan Kia Rio avtomobilining ilk surati paydo bo`ldi. Surat rus avtodilerlari uchun o`tkazilgan yopiq taqdimotda tushirilgan. Avtomobil surati keyinchalik Kia4rio.ru portalida ham e`lon qilindi.

Avtomobilning rasmiy sotuvini yo`lga qo`yish 2015 yilning aprel oyiga mo`ljallanmoqda, deb xabar beradi uz24.uz nashri auto.mail.ru ma`lumotlari asosida.

Yangilangan Kia Rio tuzilishi jihatidan Xitoy bozoridagi KiaK2 avtomobiliga o`xshaydi.


 

Комментарии