42

Yaponiyaning yirik banklarida xodimlar o`rnini robotlar egallamoqda

Hi-tech 04.03.2015, 15:22
4108
Yaponiyaning yirik banklarida xodimlar o`rnini robotlar egallamoqda

Yaponiyaning yirik banki Mitsubishi UFJ Financial Group yaqin vaqt ichida robotlarni ishga tushirishni rejalashtirgan, bu nafaqat xavfsizlikda yordamchi bo`g`in, balki mijozlar bilan ishlashda vakolatga ham ega bo`lish imkonini kengaytiradi. Bank ofislarida odamlarga xizmat qiluvchi 58 santimetrli bo`y-bastga ega Nao gumanoidi Fransiyaning Aldebran Robotics kompaniyasida ishlab chiqilgan. Shu yilning aprel oyidayoq Nao robotlari ikki ofisda sinovdan o`tkazila boshlaydi.

Agar sinov muvaffaqiyatli o`tsa, bunday robotlarni tez orada bankning boshqa bo`linmalari ham sotib olishi mumkin bo`ladi. Nao kamera bilan jihozlangan va o`n to`qqiz tilni tushuna oladi. U mijozlarning yuzi, imo-ishoralari va ovozlariga muvofiq emosiyalarini tahlil eta oladi. Nao mijozlar paydo bo`lishi bilanoq kutib olib, ulardan qanday xizmatdan foydalanish uchun tashrif buyurganlarini so`raydi.

Mitsubishi UFJ “g`ayri insoniy resurslar”ni investisiyalovchi Yaponiya kompaniyalaridan biridir. Nestlening Yaponiya bo`linmasi Pepper robotini o`z xodimlari ro`yxatiga kiritishni rejalashtirayotganini e`lon qildi. Nagasakidagi Henn otelida deyarli barcha xodimlarni og`ir ishlarda robotlar bilan almashtirishmoqchi. Ular mehmonlarni kutib oladi va xizmat ko`rsatib, xonalarni tozalay oladi. Aslida, barcha xodimlarni ishdan bo`shatib yuborishni maqsad qilmagan bo`lsalarda, xodimlar o`z robotlashtirilgan hamkorlari bilan ishlashlariga to`g`ri keladi.

Takuma Nomoto banki yuksak texnologiyali tashabbuslar bo`yicha direktorining aytishicha, robotlar shunchaki, oddiy odamlar amalga oshiradigan vazifalardagi og`ir mehnatni bajarishda qo`shimcha kuch beradilar xolos, masalan, uzluksiz 24 soatlik banking va turli mamlakatlardan kelgan mijozlar bilan muloqotda bo`lishda yordam beradilar. Xodimlarni to`liq ishdan bo`shatish haqida hali tashvishlanishga hojat yo`q.

Manba: uz.infocom.uz



 

Комментарии