2 yil ichida barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta`minlanadi

Hi-tech 11.02.2020, 18:17
Теглар: internet, qishloq
990
2 yil ichida barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta`minlanadi

2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida telekommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar ham belgilab berilgan. Bu haqda Xabar.uz ma`lum qildi.

Bunda:

  • keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;
  • yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta`minlash;
  • 800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o`rnatish;
  • ma`lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;
  • 40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma`lumotlarni saqlash tizimini o`rnatish;
  • mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizasiya qilish;
  • olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog`ini kengaytirish orqali 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizasiya qilish;
  • optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;
  • FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
  • loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikasiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Шарҳлар