13

Farg`onalik yigit tanishishni xohlamagan qizga behayo rasmlar yubordi, oqibatda…

Jinoyat 14.02.2020, 16:07
3992
Farg`onalik yigit tanishishni xohlamagan qizga behayo rasmlar yubordi, oqibatda…

Quva tuman ma`muriy sudining raisi A.Jumaevning «ANIQ.UZ»ga ma`lum qilishicha, huquqbuzar Qurbonov Dostonbek Rustamjon o`g`li jabrlanuvchi D.Abdullaevaning telefoniga “Telegramm” ijtimoiy tarmog`i orqali SMS xabarlarni jo`natib, tanishishni taklif qiladi, va u bilan tanishib, uzoq muddat gaplashib yurish istagidaligini aytadi, uni bu taklifi rad etilganligi bois unga har xil behayo rasmlar Dostonbek tomonidan yuboriladi. 

Shunda jabrlanuvchi D.Abdullaeva ushbu behayo rasmlar yuborishni to`xtatishligini, aks holda  IIBga murojaat qilishini aytib ogohlantirsa-da, huquqbuzar D.Qurbonov jabrlanuvchiga behayo rasmlarni yuborishni to`xtamaydi va uni topa olmasligini va qo`lidan hech narsa kelmasligini aytib maqtanadi.  Shundan so`ng jabrlanuvchi IIBga murojaat qilishdan boshqa iloj qolmaydi.

Shu joyda qonunga nazar tashlaymiz, O`zbekiston Respublikasi MJtKning 189-moddasiga ko`ra, pornogarfik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish — pornografik mahsulotni, uni tarqatish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

 Biroq, Dostonbekning parnografik maxsulotlarni tarqatilishiga javobgarlik borligidan, bundan tashqari jabrlanuvchining yana behayo rasmlar yuborsa, IIBga murojaat qilishidan ham qo`rqmaydi.

Ushbu huquqbuzarlik ishi Quva tuman ma`muriy sudida ko`rilib, huquqbuzar D.Qurbonov o`z harakatlariga iqrorligini, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligini aytib, jabrlanuvchidan kechirim so`radi va  undan ashyoviy dalil tariqasida olingan Quva tumanidagi “Qubbo Olimjon” MChJda saqlanayotgan “Samsung Gallaxi” rusumli uyali telefon davlat foydasiga musodara qilinadi, Dostonbekga esa bir million to`rt yuz ming so`mdan ortiq jarima jazosi tayinlandi.

Шарҳлар