13

“Jesco aksiyasi” dan 75 ming yutganidan hursand bo`lgan shaxs, plastigidagi 868 ming so`mdan ayrildi

Jamiyat 16.02.2020, 12:31
2285
“Jesco aksiyasi” dan 75 ming yutganidan hursand bo`lgan shaxs, plastigidagi 868 ming so`mdan ayrildi

2019 yil 15 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B.ning uyali telefonidagi “Telegram” ijtimoiy tarmog`ining “Jesco aksiyasi” guruhidan unga “Siz 75 ming so`m pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz” degan sms xabari keladi. 

Ushbu xabar orqali M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqami aniqlanadi. Biroq uning plastik kartochkasiga pul mablag`i tushmaydi, aksincha, 868 ming so`m echib olinadi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

IIV fuqarolardan internet ijtimoiy tarmoqlarida e`lon qilinayotgan turli aksiyalarga ishonmasliklarini, o`zlari tanimagan-bilmagan shaxslarga bank plastik kartalarining seriya raqamlari va kodlarini aytmasliklarini so`ramoqda.

Шарҳлар