13

Smartfonlar koronavirusga qarshi kurashishda yordam beryapti

Hi-tech 16.02.2020, 17:40
Теглар: smartfon, koronavirus
1163
Smartfonlar koronavirusga qarshi kurashishda yordam beryapti

Yaponiyaning Iokogama shahri porti yaqinida 3700 yo`lovchisi bo`lgan “Princess Diamond” kruiz layneri karantinda saqlanayotgani xususida avval xabar bergandik. Yaponiya sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari kemadagi bemorlarga yordam berish uchun ularga smartfon tarqatishni maslahat berishdi.

Mobil qurilma yo`lovchilarning shifokor bilan masofadan turib bog`lanish va tibbiy maslahat olishlari uchun zarur deb topildi.

Dastlab karantindagi odamlarga uncha qimmat bo`lmagan Android-smartfonlar etkazib berish rejalashtirilayotgan edi. Biroq bu telefonlarda Sog`liqni saqlash vazirligi maxsus ilovasi to`g`ri ishlamasligi ma`lum bo`lgach, laynerga 2 mingdan ziyod Applening “iPhone 6s” qurilmasi etkazib berildi.  

16-fevral kungi ma`lumotlarda, kemada kasallanganlar soni 355 kishini tashkil qilgani aytilmoqda. 11 yo`lovchiga kemadan tushirishga ruxsat berishdi, ammo ular quruqlikda karantinda saqlanmoqda. Qolganlari ozod qilinmaydi, chunki kasallik belgilari ko`rinmasa ham ularda virus yo`qligini ishonchli tarzda tekshirish lozim.

Шарҳлар