Andjonda er sha`riy nikohdagi xotini tomonidan o`ldirildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Keltirilishicha, 2020 yil 14 fevral kuni fukaro A.K. Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Toshkent shahrida yashab kelayotganligi sababli ukasi M.K. bilan aloqa qilmay qo`yganligini, uni izlab, yashab kelayotgan xonadoniga kelganda, ukasini topa olmaganligini bildirgan.
Shundan so`ng olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2019 yil 3 may kuni soat 21:00 larda Andijon shahri, Bog`ishamol mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan M.K. sha`riy nikohdagi turmush o`rtog`i, 1995 yilda tug`ilgan ayol — X.X. bilan o`zaro janjallashib qoladi. Natijada X.X. erini sintetik ip yordamida bo`ynidan bo`g`ib, qasddan o`ldirganligi, murdasini esa uyining hojatxona chuquriga tashlab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 16.02.2020 yilda shahar prokuraturasi tomonidan X.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda aybdor ushlangan.