“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish yuzasidan o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda

Jamiyat 18.02.2020, 16:40
7696
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan  yangi tizimni joriy etish yuzasidan o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlari va ularning samarali faoliyati hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Ayni paytda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr talablari barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari xodimlaridan ham tinimsiz o`qib-o`rganishni, o`z ustida ishlashni, bilim va saviyasini, malakalarini doimo oshirib borishni taqozo qiladi. Bu haqda "Darakchi.uz" ga  O`zbekiston respublikasi IIV malaka oshirish instituti matbuot xizmati xabar berdi.

Bu borada Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko`tarish, ichki ishlar idoralari xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish zarurligiga alohida e`tibor qaratildi.

Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan Institutda tuman va shaharlar ichki ishlar organlarining jinoyat-qidiruv bo`limlari tezkor vakillari hamda ekspert-kriminalistika bo`linmalari xodimlarining malakasi oshirilmoqda. 

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, ularning quyi bo`g`inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimning mazmun-mohiyati bilan mashg`ulotlarda tanishyapmiz. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning mexanizmlari bo`yicha tushunchalarga ega bo`lyapmiz, – deydiIchki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi eksperti, mayor Ilhom Xaydarov. –  O`quv jarayonida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, yangiliklar va xorij tajribalari bilan tanishyapmiz. Bizning oldimizdagi asosiy vazifa nazariy va amaliyotning uyg`unligini ta`minlab, olgan bilimlarimizni faoliyatimizga samarali tadbiq etish hisoblanadi. 

O`quv yig`iniga jalb qilingan xodimlarga joylardagi ichki ishlar organlarida xizmatni to`g`ri tashkil qilishlari uchun tizimdagi islohotlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda. 

– O`quv jarayonlari zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalar asosida ta`lim standartlari talablari bo`yicha olib borilmoqda, – deydi Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani IIB Jinoyat-qidiruv bo`limi katta tezkor vakili, mayor Sodiqjon Yigitaliev. – Mashg`ulotlarning aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, keys-stadi, kollegial muhokama, taqdimot va qayta aloqa kabi interfaol usullarda tashkil etilayotganligi biz tinglovchilarga manzur bo`lyapti.

O`quv mashg`ulotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalari misolida ularni amaliyotga joriy etish usullari muhokama qilinmoqda.

Shu bilan birga, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Surxondaryo viloyatlaridagiprofilaktika inspektorlari, patrul-post xizmati bo`linmalari rahbarlari va ichki ishlar idoralari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosarlari uchun ham malaka oshirish sayyor o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda. 

O`quv yig`inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hamda idoraviy-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “O`z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o`zini ayamasdan mehnat qilish: bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat, 
bu – to`g`ri tarbiya va amaliy namuna” ekanligi misollar orqali tushuntirib berilmoqda.

– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, xalqchil tuzilmaga aylantirish, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko`nikmalarini oshirish bilan uzviy bog`liq, – deydiSurxondaryo viloyati Boysun tumani IIB boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari, podpolkovnik O`ktam Raxmonov.–Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, soha faoliyatiga oid tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz. Endilikdagi asosiy vazifamiz olgan bilimlarimizni kundalik faoliyatimizga tadbiq etish hisoblanadi. 

– Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda “hududlar tajribasi”, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham alohida e`tibor qaratilmoqda, – deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi Xojayli tumani IIB profilaktika inspektori, leytenant Azizbek Bekniyazov. – Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta`minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishdik. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o`rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda davlat, nodavlat tashkilotlar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan o`zaro hamkorlikni to`g`ri tashkil etish yo`llarini o`rgandik. 

Shuningdek, joylarda o`quv mashg`ulotlari doirasida “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mutaxassislari tomonidan “Odam savdosi bilan bog`liq bo`lgan jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening mashg`ulotlari ham o`tkazilmoqda.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

 

Шарҳлар