13

Toshkentda radarga tushish bo`yicha rekord o`rnatgan “Lexus” haqida ma`lum qilindi

Jamiyat 18.02.2020, 18:55
2896
Toshkentda radarga tushish bo`yicha rekord o`rnatgan “Lexus” haqida ma`lum qilindi

Toshkent shahar yo`llarida tezlikni o`lchovchi radarlar o`rnatilgan bo`lishiga qarmasdan ayrim haydovchilar borki, bir necha marotaba radarning e`tiboriga tushib, sodir etgan qoidabuzarligi uchun javobgarlikka tortilsa ham tezlik talablariga amal qilmasliklari davom etmoqda.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, “Lexus LX-570” rusumli  01 L 727 LA davlat raqamli  transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo`l qo`yganligi aniqlangan.

Ushbu toifadagi xaydovchilar bilan profilaktik choralar ko`rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo`l qo`ymadi, shunday davom etishi tarafdorimiz. 

Tezlikni oshirib radarga tushish obro`ni oshirmaydi,aksincha oilaviy byudjetga yoki og`ir oqibatli yo`l-transport hodisalarini keltirib chiqarishga begunoh insonlarning hayotdan bevaqt ko`z yumishiga yoki bir umrga nogiron bo`lib qolishiga olib keladi.Hurmatli harakat ishtirokchilari! Sizga oq yo`l tilab, shoshilmaslikni va yo`l harakati qoidalarini hurmat qilib, ularga rioya qilishingizni so`raymiz, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.

Шарҳлар