Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i Z.Y.ning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
U tumanidagi “V.I.B.” fermer xo`jaligiga ajratilgan er maydonidan 0,30 ga sug`oriladigan qismini boshqa shaxslarning nomiga o`tkazib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fermer xo`jaligi rahbari Sh.V. orqali 3 nafar fuqarolardan 38 400 AQSh dollarini olgan. Ushbu mablag`lar hisobidan uy joy va er maydoni xarid qilib, o`zining haydovchisi va qishloq xo`jaligi bo`limi mutaxassisi A.S.ning nomiga rasmiylashtirish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirganligi aniqlangan.
AYni paytda mazkur holat yuzasidan Z.Y.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
21.11.2020, 11:22
Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida o`zini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi vakili deb tanishtirgan, 1984 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan E.K. ismli fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda IIV...10.11.2020, 23:17
Toshkent viloyati IIBB hamda Yangiyo`l tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan joriy yilning 15 oktyabr kuni tezkor tadbir o`tkazildi.Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar...28.10.2020, 20:39
Yangiyo`lda kichik sanoat zonasi tashkil etiladi.Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.“Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (657-son, 27.10.2020...15.09.2020, 21:55
Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning V2 darajasiga ega bo`lgan nomzodlarga chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.Kirish imtihonini xolis, ochiq va shaffof o`tkazilishini ta`minlash maqsadida Akademiya...