Jomboyda ikki kunda bir oilaning ikki farzandini mashina urib ketdi. Bolasidan ayrilgan onaning faryodi qalbni titratadi(video)

Jamiyat 20.02.2020, 19:40
Теглар: Jomboy, YTH
4306
Jomboyda ikki kunda bir oilaning ikki farzandini mashina urib ketdi. Bolasidan ayrilgan onaning faryodi qalbni titratadi(video)

Samarqandda yo`l-transport hodisasi bilan bog`liq eng xavfli hududlar aniqlandi. Jomboy tumani esa avariya o`choqlaridan biri deb topildi. Shuning uchun tumanda "Harakat xavfsizligi 15 kunligi" e`lon qilindi.

Jomboylik 7 yoshli Islomjonni maktabdan qaytayotganda o`zi yashash hududida mashina urib yuborgan. Bolakayga tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay shifoxonada vafot etdi. 

Yo`lovchi tushirayotgan piyodaga e`tiborsizlik oqibatida orqada kelayotgan avtomashina bolani urib yuboradi. Islomjonning vafoti bilan bog`liq hodisa bo`yicha surishtiruv ishlari tugallanmay turib, 2 kundan so`ng, uning opasini ham aynan o`sha joyda mashina urib yuborgan. 

“Bir joyi shilinmagan, bir joyi ko`karmagan murg`akkina o`g`limdan ayrilib qoldim. Mashina to`xtaganini ko`rgan haydovchi biroz sekinroq haydasa bo`ladi-ku! Ayb yo`lovchilarda emas, men bolalarimga doim yo`ldan ehtiyot bo`lib o`tishni tayinlayman. Tezlikni oshirgan haydovchilarda hamma ayb!" – deydi jabr ko`rgan bolalarning onasi. Yo`l-transport hodisasi oqibatida farzandidan ayrilgan onaning faryodi qalbingizni larzaga soladi...

Samarqand viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i Abdunabi Nosirovning aytishicha Samarqand viloyatining 4 ta tumanida, ya`ni Jomboy, Kattaqo`rg`on, Nurobod va Narpay tumanlarida o`lim bilan bog`liq yo`l-transport hodisalari ko`p qayd etilgan. Bu holatlar yuzasidan "Zamon" inormasion dasturida ma`lumot berildi. Video: 

Шарҳлар