Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Kitob tuman Palandara MFY hududida 3 nafar fuqarolar noqonuniy ov qilayotganligi aniqlangan hamda viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kitob tuman nazorat inspesiyasi inspektorlari tomonidan tezkor o`tkazilgan tadbir davomida brakonerlar qo`lga olingan.
Qoida buzar fuqarolar N.X, M.M va B.Sh ekanligi aniqlangan. Ammo o`zboshimcha fuqarolar inspektorlarga bo`yso`nishni istashmadi. Natijada tuman IIB xodimlaridan yordam kuchlari chaqirilishiga to`g`ri kelgan. Fuqarolar bilan olib borilgan suhbat davomida aniqlanishicha, ularning ov qilish bo`yicha hech qanday hujjatlari bo`lmagan. Mazkur fuqarolarning ov qurollari tuman IIBga topshirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan xujjatlar Ma`muriy sudga o`tkazish uchun tegishli tartibda rasmiylashtirilmoqda.