26-27 fevralda O`zbekiston hududiga Volgabo`yi rayonlari (Astraxan) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.
26-27 fevralda O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ayrim joylarda yog`inlar kuchli bo`ladi.
Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha etadi.
Havo harorati 26 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi, mamlakat shimolida kechasi va kunduzi 3-8 darajani tashkil qiladi.. 27 fevralda respublika bo`yicha havo haroratining kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliqqacha pasayishi kutilmoqda.