13

Oqqo`rg`onda temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish sexi qurildi

Iqtisodiyot 25.02.2020, 11:03
564
Oqqo`rg`onda temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish sexi qurildi

Oqqo`rg`on tumani elektr ta`minoti korxonasi hududidagi bo`sh er maydonida temir-beton tayanchlarni ishlab chiqarish sexi barpo etildi. Bu haqda "Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu erda zarur bo`lgan barcha avtotexnika, texnik uskuna va jihozlar bilan ta`minlash ishlari reja asosida amalga oshirilishi natijasida mukammal, davlat standartlariga to`la mos keladigan 9, 11 metrlik temir-beton tayanchlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Asosiy maqsad korxonada sifatli, arzon mahalliy xom-ashyolardan foydalangan holda, kuniga 25-30 ta temir-beton tayanch ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishdir.

Bu kabi sa`y-harakatlar, o`z navbatida, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, viloyatda mavjud qurilish tashkilotlari bilan o`zaro hamkorlikni keng yo`lga qo`yish imkoniyatlarini yaratish barobarida, qurilayotgan bino-inshootlar, ko`cha va maydonlarga temir-beton tayanchlarning etkazib berilishi va o`rnatilishi jamiyat moliyaviy ahvolini yaxshilash, qolaversa ish sifatini oshirib, belgilangan topshiriqlarni o`z muddatida bajarilishini ta`minlaydi. 

Sexning ilk mahsuloti “Obod mahalla” davlat dasturi bo`yicha Oqqo`rg`on tumanining Ozod MFYga o`rnatilishi rejalashtirilmoqda. Ishonamizki, ishlab chiqarilgan temir-beton tayanchlar Toshkent viloyati aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlashga xizmat qiladi.                                                                       

 

Шарҳлар