13

O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi ogohlantiradi

Jamiyat 25.02.2020, 19:53
Теглар: koronavirus, O`zbekiston
1542
O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi ogohlantiradi

O`zbekistonning xorijda bo`lib turgan yoki chet el davlatlariga borishni rejalashtirayotgan fuqarolari diqqatiga!

O`zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma`lumotga ko`ra, so`nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog`liq vaziyatning og`irlashgani kuzatilmoqda, deyiladi O`zbekiston tashqi ishlar vazirligining xabarida.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va ba`zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sog`liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o`ylab ko`rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o`rganishlari va safar chog`ida shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to`planadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan koronavirus bilan og`rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo`lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O`zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari (https://mfa.uz/uz/consular/consular/)ga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Шарҳлар

29 mart soat 20:30: koronavirus bo`yicha dunyodagi va O`zbekistondagi vaziyat

29.03.2020, 21:00

COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo`yicha  2020 yil 29 mart soat 20.30 holatiga  MA`LUMOTSanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olingan ma`lumotlarga ko`ra 29 mart soat 20:30 holatiga dunyoning 199...
Toshkent shahri aholisi korоnavirusga qarshi kurashda fidoyilik ko`rsatayotgan tibbiyot xodimlarini olqishlashdi (video)

28.03.2020, 16:12

Bugungi kunda butun dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ayniqsa tibbiyot tizimi xodimlarining fidoyiligi ulkan e`tirofga loyiq. Barcha mamlakatlardagi shifokorlar qatori mamlakatimiz vrachlari ham...
Koronavirus bo`yicha O`zbekiston va qo`shni mamlakatlardagi vaziyat

23.03.2020, 23:24

Bugun, 23 mart kuni O`zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni uchtaga ko`payib, jami 46 nafarga etdi.Qo`shni mamlakatlarda koronavirus bo`yicha vaziyat quyidagicha: Qozog`istonda 62, Qirg`izistonda 16, Afg`onistonda...
Koronavirusga qarshi kurash: O`zbekiston 5 kun ichida nimalarga ulgurdi?

21.03.2020, 18:47

 Dunyoni sarsimaga solgan karonavirus yurtimizga ham kirib keldi. Ammo O`zbekiston bu epidemiya bilan bog`liq holatni boshdan kechirgan bir qator mamlakatlarning tajribasini o`rgangan holda tez orada...