O`zbekistonga 35 nafar xitoylik kirib keldi

Jamiyat 26.02.2020, 08:36
3019
O`zbekistonga 35 nafar xitoylik kirib keldi

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 2020 yilning 25 fevral kuni olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra dunyo bo`yicha 80 147 nafar, Xitoy Xalq Respublikasida 77 779 nafar shaxslar koronavirus “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanib, kunlik o`sish 517 nafarni (0.7%) tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 9 126 nafari og`ir ahvolda bo`lib, 2 666 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari dunyoning 36 ta davlatida 2368 nafar fuqaroda qayd etilib, 29 nafar fuqaro vafot etgan. J.Koreya davlatida 977 nafar fuqaro koronavirus “COVID-19” infeksiyasi bilan kasallanib, ulardan 10 nafari vafot etgan. Italiya davlatida 230 ta kasallanish holati ro`yxatga olinib, ulardan 7 nafari vafot etgan. Eron Islom Respublikasida 61 nafar fuqaro kasallik bilan kasalanib, 12 nafari vafot etgan. Afg`oniston Islom Respublikasida 1 nafar fuqaroda kornavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Ma`lumot uchun. Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportiga horijiy davlatlardan 32 ta reys orqali 4 430 nafar, temir yo`llar orqali 3 ta poezdda jami 603 nafar shaxslar, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 815 ta avtotransportlarning egalari va  31 324 nafar yo`lovchi shaxslar termometriyadan o`tkazilgan, shulardan 35 nafari Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari hamda 4 nafari Xitoyda bo`lib, qaytayotgan O`zbekiston fuqarolari.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko`rsatmaga asosan joriy yilning 25 fevraliga qadar jami 1 225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabi shuni ma`lum qiladiki, joriy yilning 25 fevral holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.

Mamlakatimiz aholisi o`rtasida koronavirus infeksiyasi bo`yicha epidemiologik barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Bu kasallikni Respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligikoronavirus infeksiyasiga qarshi markaziy shtabi xabarida.

Шарҳлар