AsosiyDunyo

Koronavirus tufayli xorijga chiqish taqiqlandi

'Koronavirus tufayli xorijga chiqish taqiqlandi'ning rasmi

25 fevral kuni Turkmanston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov COVID-19 koronavirus mamlakatga kirishining oldini olishga qaratilgan yig`ilish o`tkazdi. «Xroniki Turkmenistana» xabariga ko`ra, unda davlat rahbari xorijga chiqayotgan fuqarolarni nazorat qilish haqida topshiriq bergan, deb yozmoqda Aniq.uz.

Yig`ilishdan keyin Ashxabot aeroportida mahalliy fuqarolarni xalqaro reyslardan tushirib qoldirish boshlangan. Natijada, chiptalarni qaytarish istagida bo`lgan yuzlab odamlardan iborat navbatlar yuzaga kelgan.

Ayni paytda «Turkmenhowayollary» aviakompaniyasi Istanbul va Anqaraga reyslarni bekor qilgan. Biroq «Turk Hava Yolları» Istanbul – Ashxabot yo`nalishidagi parvozlarni davom ettirmoqda va faqat xorijlik fuqarolarga xizmat ko`rsatmoqda.

Ashxabot xalqaro aeroportida xorijdan kelgan yo`lovchilarni shifokorlar kutib olmoqda va maxsus uskunalar yordamida haroratini o`lchamoqda. Bundan tashqari, dezinfektorlar, FVV va tez yordam mashinalari navbatchiligi tashkil qilingan. 

Avvalroq Turkmaniston virus tarqalishining oldini olish maqsadida qo`shni mamlakat Eron bilan chegarani yopgan edi. 

Qayd qilish joizki, Turkmaniston hukumati xabariga ko`ra, mamlakatda COVID-19 bilan xastalangan bemorlar yo`q.

Boshqa yangiliklar