13

Tokio-2020 olimpiada o`yinlarida sportchilarimiz vazir bilan 24/7 rejimida onlayn aloqada bo`lishadi

Sport 26.02.2020, 20:25
531
Tokio-2020 olimpiada o`yinlarida sportchilarimiz vazir bilan 24/7 rejimida onlayn aloqada bo`lishadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokyo 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi

Ushbu mobil ilovani yaratishdan ko`zlangan maqsad – sportchi, trener va vazir o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri onlayn muloqotni yo`lga qo`yish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni o`z vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat.

Tokyo 2020 mobil ilovasiga dastlabki bosqichda Tokio-2020 olimpiada o`yinlariga lisenziyalarni qo`lga kiritgan hamda olimpiada yo`llanmalarini qo`lga kiritish imkoniyati yuqori bo`lgan sportchilar va ularning trenerlari ulanishlari mumkin. Ular 24/7 rejimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabiev hamda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti Rustam Mavzurovich Shoabduraxmonovga o`zlarini qiynayotgan savol, muammo yoki takliflar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo`lishdi.

Yana bir jihatga e`tibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yo`llangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda o`sha sportchining o`zi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, ya`ni faqat uch kishigina ko`rishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federasiyasining rahbari o`zga shaxsning shikoyatini ko`rolmaydi. Mobil ilovada axborotning to`la maxfiyligi ta`minlangan bo`lib, bu korrupsion holatlarning oldini olishda ham muhim o`rin tutadi.

Шарҳлар