Qurol-yarog` va o`q-dorilar kontrabandasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga chiqib ketayotgan chet el fuqarosi M.F. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, fuqaro M.Fning qora rangli sumkasi ichki astar qismiga uddaburonlik bilan yashirilgan 1 dona 7,62 mm. kalibrli o`q otar qurollar uchun mo`ljallangan patron borligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.