AsosiyDunyo

Jeki Chan koronavirusni yuqtirib olgan bo`lishi mumkin

'Jeki Chan koronavirusni yuqtirib olgan bo`lishi mumkin'ning rasmi

Asli kelib chiqishi gonkonglik bo`lgan Gollivud aktyori Jeki Chan koronavirus gumoni bilan shifoxonaga yotqizilishi mumkin. O`tgan dam olish kunlari 65 yoshli jang san`ati vakili Gonkongdagi shaxsiy kechaga tashrif buyurgan. U erda yana qariyb 60 kishi ham bo`lgan. Ulardan ayrimlari SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangani aniqlangan.

Avvaliga infeksiya belgilari mazkur kechada tartibni saqlayotgan polisiya xodimida kuzatilgan. Uning atrofida bo`lgan qolgan 59 kishi esa karantinga joylashtirilgan. Manbaga ko`ra, ularning orasida Jeki Chan ham bo`lishi mumkin.

Hozircha Jekining vakillari, shuningdek, mahalliy hokimiyat ushbu ma`lumotni tasdiqlashmagan.

    Boshqa yangiliklar