Payshanba kuni qator hukumatlar koronavirusni pandemiya darajasida deb e`lon qilishga tayyorgarlik ko`rishmoqda. Chunki bugun ilk marotaba Xitoydan tashqarida virus tarqalishi mamlakat ichkarisidagi darajadan ortib ketdi.
Avstraliya favqulodda choralarni ko`rishni boshladi va Tayvan epidemiyani yuqtirish xavfini eng yuqori darajaga ko`tardi, bir kun o`tib, AQSh prezidenti Donald Tramp vise-prezident Mayk Pensni global sog`liqni saqlash masalalariga javobgar etib tayinladi.
"Dunyo tez orada koronavirusning pandemik bosqichiga o`tishi haqida barcha ma`lumotlar mavjud", dedi Morrison Kanberrada bo`lib o`tgan matbuot anjumanida.
Oxford Economics tahlilchilari hisobiga ko`ra, virus pandemiyaga aylanishi butun dunyoga $1,3 trlnga “tushadi”.
Koronavirus olis Janubiy Amerikaga qadar etib bordi. Chorshanba kuni yaqinda Italiyadan qaytib kelgan 61 yoshli erkak San Paulo shifoxonasida koronavirus tashxisi qo`yilgan. Tashxis Braziliyada millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlar mamlakatning katta shaharlariga to`planadigan paytga to`g`ri kelmoqda.
Koronavirusning Yaqin Sharqdagi o`chog`i Eronning Qum shahri ham ko`p odam to`planganligi uchun epidemiya markaziga aylangan edi.
Fond bozorida Braziliya aksiyalari 7 %ga arzonladi. “Koronavirus qanday qilib Janubiy yarimsharga etib kelganiga hali ham aqlimiz etmayapti”, — dedi mamlakat SSV Luiz Enrike Mandetta. Vazirning ta`kidlashicha, mamlakatning mo``tadil iqlimi koronavirusning keng tarqalishiga yo`l qo`ymaydi.