13

Samarqandda chorva qo`ylarini o`g`irlagan shaxs ushlandi

Jinoyat 27.02.2020, 19:45
658
Samarqandda chorva qo`ylarini o`g`irlagan shaxs ushlandi

2020 yil 22 fevral kuni fuqaro 31 yoshli I.Yu. Nurobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 18 fevral kuni soat 19:00 dan soat 23:00 ga qadar bo`lgan vaqt mobaynida noma`lum shaxs uning yashash uyi hovlisidagi qo`yxonasidan umumiy bahosi 20.200.000 so`mlik 18 bosh qo`ylarini o`g`irlab ketganligini, noma`lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan Qashqadaryolik 39 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, undan 17 bosh qo`ylar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan, A.A.,ning o`zi esa prosessual tartibda ushlangan.

Tergov jarayonida A.A.,ga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi (o`ta xavfli residivist tomonidan sodir etilgan o`g`irlik) bilan ayb e`lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda  dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Шарҳлар