42

“MITSUBISHI” fazoviy elektrostansiya barpo etmoqchi

Hi-tech 19.03.2015, 15:12
3986
“MITSUBISHI” fazoviy elektrostansiya barpo etmoqchi

“Mitsubishi” kompaniyasi havo orqali 500 metr masofaga 10 kilovatt mikroto`lqinli energiyani uzata olgani haqida xabar berdi. Elektrga aylantirilgan fazoviy quvvatdan erdagi yorug`lik diodli chiroqlarni quvvatlantirish uchun foydalanildi. Bu haqda xabardor.uz xabar beradi.

“Mitsubishi Heavy Industries” (MHI) kompaniyasi elektr quvvatini hech qanday simsiz masofaga uzatgan birinchi kompaniya emas. Sal oldinroq Yaponiya ae
rokosmik tadqiqotlar agentligi 1,8 kilovatt energiyani 55 metr masofaga simsiz uzatgani haqida xabar tarqatgandi. Ammo “MHI” birinchi bo`lib katta miqdordagi elektr tokini uzata olishning uddasidan chiqdi.

Kompaniya erdan 36000 kilometr balandlikka ko`plab quyosh sun`iy yo`ldoshlarini uchirishni rejalashtirmoqda. Fazoviy elektrostansiya to`plangan quyosh energiyasini mikroto`lqinlarga aylantiradi va erda joylashgan rektenna deb nomlanuvchi qurilmalarga uzatadi. Ular esa qabul qilingan mikroto`lqinlarni elektrga aylantiradi. “Deutsche Welle”ning xabar berishicha‎, “Mitsubishi” fazoviy elektrostansiya loyihasini 2030 yilga borib amalga oshiradi.

Mazkur texnologiya oddiy elektr tarmoqlari etib bormagan hududlar va orollarni elektr bilan ta`minlashda katta yordam beradi.

Fazoviy elektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektrdan elektromobillarni quvvatlantirish uchun ham foydalanish mumkin bo`ladi. Tahlilchilarning fikricha, aynan quvvatlovchi stansiyalarning yo`qligi bois elektr avtomobillar sanoati o`ta sust rivojlanmoqda. Fazoviy energetika esa bu muammoni hal qilishi mumkin.

Комментарии