my5

O`zbekistonda tish protezlarining mahalliy andozasi tayyorlanadi

Salomatlik 20.03.2015, 14:12
9099
O`zbekistonda tish protezlarining mahalliy andozasi tayyorlanadi

Toshkent Davlat stomatologiya instituti olimlari sanoat mahsulotlariga og`izdan olinmaydigan va burab o`rnatiladigan tish implantatining mahalliy modelini tayyorlashadi va sanoat usulida ishlab chiqarishadi. Mutaxassislarning ta`kidlashlaricha, mazkur mahalliy davolash va ishlab chiqarish bugungi kundagi mavjud narhni bir necha barobar kamaytirishi mumkin. Bu haqda uz24.uz Uzbekistan Today axborot agentligi ma`lumotlari asosida xabar beradi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyani rivojlantirish koordinasiyasi bo`yicha Qo`mita tomonidan moliyalashtiriladigan 2015-2016 yillarda olib boriladigan innovasion loyihalari doirasida bu yo`nalishdagi zarur ilmiy izlanishlar olib boriladi. Toshkent Davlat stomatologiya instituti rektori, professor Nig`mon Xabilov ushbu loyihaga rahbarlik qiladi.

Shuni qayd etish joizki, og`izdan olinmaydigan va burab o`rnatiladigan tish implantatining birinchi mahalliy andozasiga 2014 yili patent olingan edi. U mazkur yo`nalishdagi ishlarga asos bo`ladi.

 

 

Шарҳлар