13

Xakerlar buzib kira oladigan eng ishonchsiz parollar ma`lum bo`ldi

Hi-tech 09.03.2020, 10:29
1118
Xakerlar buzib kira oladigan eng ishonchsiz parollar ma`lum bo`ldi

F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik bo`yicha mutaxassislari eng ishonchsiz parollarni e`lon qilishdi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli qurilmalarga qo`yiladigan parollardir. Bu haqda sof.uz xabar bergan.

Ekspertlarning ta`kidlashlaricha, xakerlar biror qurilmaning himoyasini aylanib o`tish uchun uning muhofaza parolini taxminan terib ko`rishadi. Qanchalik g`alati bo`lmasin, ular birinchi navbatda parol sifatida admin so`zini terib ko`rishar ekan. Siz ham uyingiz yoki ishxonangizdagi router yo boshqa biror qurilmaning standart login-parolini o`zgartirmagan bo`lsangiz, unda ayni mana shu parol turibdi va uni buzib kirish – xakerlar uchun eng oson ish!

Shuningdek, ommabopligi (va buzish osonligi) jihatidan default, 123456 va root kabi parollar ham undan qolishmaydi. Butun dunyo bo`yicha kuzatuv kameralarida qo`llanuvchi Dahua kompaniyasining DVRʼlari himoyasida qo`llanadigan vivx kodi ham xakerlar uchun qulay o`lja ekan.

Eng keng tarqalgan va xakerlar sinab ko`radigan parollar safida yana 1001chin hamda tazZ@23495859 ham bor. Bular – dunyo bo`yicha ko`plab qurilmalar, masalan – routerlarda zavodda o`rnatiladigan dastlabki parollardir.

Shu boisdan nafaqat kompaniyalar, balki oddiy foydalanuvchilar ham o`zlarining turli deveyslarida dastlabki sozlamalar bo`yicha o`rnatilgan parollarni almashtirib qo`yishlari tavsiya etiladi.

 

Шарҳлар