13

Shavkat Mirziyoev Xivadagi Prezident maktabini borib ko`rdi (foto)

Siyosat 13.03.2020, 08:27
762
Shavkat Mirziyoev Xivadagi Prezident maktabini borib ko`rdi (foto)

Xiva shahridagi Prezident maktabida standartlar asosida eng zamonaviy sharoit yaratilgan. Joriy o`quv yilida 5-10 sinflarga jami 144 nafar o`quvchi tanlov asosida qabul qilingan. Ularga dars berish uchun 9 nafar xorijlik mutaxassis, 21 nafar tajribali o`qituvchilarimiz jalb qilingan. 

Davlatimiz rahbari maktabda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi, o`quvchilar bilan suhbatlashdi.

- Biz juda katta marra olganmiz. Ularga erishishda sizlarday yoshlarga ishonamiz va suyanamiz. Murakkab sinovlardan o`tib, bu maktabga kirib, katta yo`lga qadam qo`ydingiz. Bu erda zo`rlarning zo`ri o`qiydi. Sizni shunday tarbiyalagani uchun ota-onalaringizga mendan rahmat aytinglar. Bu avvalo ularning, ular bilan birga mening ham baxtim, butun millatimizning baxti, - degan suhbat davomida Prezident.

 

Шарҳлар