"Arsenal" bosh murabbiy va «Real» o`yinchisi ham koronavirus yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi

Sport 13.03.2020, 10:59
1065
"Arsenal" bosh murabbiy va «Real» o`yinchisi ham koronavirus yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi

"Real Madrid" klubining bosh basketbol jamoasi o`yinchisi 2019-nCoV​ koronavirusi bo`yicha test topshirgan va ijobiy natija qayd etilgan. Bu haqda jamoa rasmiy sayti ma`lum qildi.

"Real Madrid" bosh basketbol jamoasi o`yinchisida 2019-nCoV​ koronavirusi qayd etilgani bois bosh basketbol jamoasi uchun ham, futbol jamoasi uchun ham karantin holatida qolishni tavsiya qiladi. Chunki jamoalar bir joyda mashg`ulot olib borishgan hamda o`yinchilarning ushbu virusni bir-biriga yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo`lishi mumkin. Shuningdek, "Real Madrid" rahbariyati klubga tegishli barcha sport inshootlari hamda ma`muriy ob`ektlarni yopish haqida qaror qabul qildi. O`z navbatida klub Madrid shahrida xizmat ko`rsatadigan barcha "Real Madrid" xodimlari ham karantinda bo`lishini tavsiya qiladi. Bugun va ertaga bo`lib o`tishi rejalashtirilgan basketbol bo`yicha Evroliga hamda futbol bo`yicha La Liga o`yinlari ham bekor qilinishini ma`lum qilamiz”, deyiladi “Real” rasmiy bayonotida.

 

Shuningdek, Arsenal klubi rasmiy saytida ma`lum qilishicha,“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta ham koronavirus yuqtirib olgani ma`lum bo`ldi.

Jamoa bazasi yopildi. Shundan so`ng, Arteta bilan so`nggi paytda aloqada bo`lgan xodimlar 14 kunlik  karantinga joylashtirilgan. 
"Men o`zimni yomon his qilgandan keyin testdan o`tdim. Ruxsat berishlari zahoti ishga qaytaman" deydi Arteta Mikelning o`zi.

Шарҳлар