42

2017 yilda ilk uchar aeromobil paydo bo`lishi mumkin

Hi-tech 30.03.2015, 14:59
7012
2017 yilda ilk uchar aeromobil paydo bo`lishi mumkin

Slovakiyaning AeroMobil kompaniyasi rahabri Yu. Vasulikning fikriga ko`ra, uchar aeromobil ikki yildan keyin paydo bo`lishi mumkin. Bu haqda globalscience.ru ma`lumot bergan.

2014 yili Avstraliyada ilk uchar avtomobilning prototipi yaratilgandi. Ushbu prototip soatiga 160 kilometr tezlikda qanotlarini yozgan holda harakatlana olishi mumkin. Osmonda uchish vaqtida esa tezlik soatiga 200 kilometrgacha oshadi.

2017 yili omma e`tiboriga havola etilishi mo`ljallanayotgan avtomobilda ikki kishilik alohida joy bo`ladi. Bundan tashqari u 700 kilometr masofagacha yonilg`isiz ucha oladi.

Qo`nishda ham biror muammo bo`lmaydiyu sababi u zamonaviy avtomobil ko`rinishidagi bir necha soniya ichida qanot yoza oladigan aeromobilga aylana oladi. Hozirga qadar ushbu, 2017 yili yaratilajak aeromobilning tahminiy bahosi 200 ming AQSh dollari miqdorida deb baholanmoqda. 

Комментарии