AsosiySiyosat

Avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo`ldi — Prezident munosabat bildirdi

'Avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo`ldi — Prezident munosabat bildirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda avtomobillar narxi oshirilganiga o`z munosabatini bildirdi.

- Mana ko`ryapsizlar, avtosanoatimiz rahbarlari mashinalar narxini oshirishga qaror qilgani odamlarning noroziligiga sabab bo`ldi. Bu iqtisodiy jihatdan kerakdir, lekin hozirgi sharoitda to`g`ri emas. Biz xalqqa engillik yaratishimiz lozim. Har bir qarorni etti marta emas, etmish marta o`ylash zarur. Avvalo xalqimizning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerak, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari bozor iqtisodiyotiga o`tish og`irligi, lekin mamlakatimiz shu yo`ldan borishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar