13

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi

Jamiyat 15.03.2020, 15:36
Теглар: koronavirus, oldini olish
479
Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi

Bugun 15 mart kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida OAV vakillari va blogerlar uchun brifing tashkil etildi. Unda O`zbekistonda koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlarni bekor qilish, ta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalarini yopilishi ma`lum qilindi.Bu haqda Davletov.uz kanali ma`lum qildi

 Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.

⚡️16 martdan barcha davlat va nodavlat ta`lim muassasalarida (bog`cha, maktab va universitetlar) bahorgi kanikul e`lon qilinadi.                                                                                                                                

⚡️16 martdan O`zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to`xtatiladi.

⚡️O`zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O`zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi O`zbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

⚡️Hukumat barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o`tkazishni vaqtincha cheklash bo`yicha murojaat qiladi.

⚡️Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko`radi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo`mitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar etarli darajada g`amlangan.

⚡️Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi.

Koronavirus vaqtida fuqarolar savollariga javob berish uchun (ertadan) yagona koll-markaz tashkil qilinadi.

⚡️Majlislar to`xtatiladi

Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa o`tkazish vaqtinchalik to`xtatiladi

Шарҳлар

Qoraqalpog`iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkentda 14 kunlik karantin bazalari tashkil etiladi

23.03.2020, 23:49

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari...
O`zbekistonda tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish o`n barobarga oshirildi

15.03.2020, 15:46

O`zbekistonda bir martalik tibbiyot niqoblarini ishlab chiqarish ikki oy oldingiga nisbatan o`n barobarga oshirildi. 16 martdan e`tiboran esa tibbiyot niqoblarini xorijga eksport qilish to`xtatiladi. Mamlakatimizda himoya...
Koronavirus hali vaksinasi topilmagan kasallik. U haqda nimalarni bilish kerak?

24.01.2020, 10:07

O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bugungi kunda dolzarb bo`lib turgan koronavirus hamda gripp kasalliklariga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tgani xakida xabar bergan edik. Unda Sog`liqni...