AsosiyJAMIYAT

Usmonxon Alimov aholidan juma namozlarini uylarida o`qishlarini so`ramoqda (Video)

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish...

'Usmonxon Alimov aholidan juma namozlarini uylarida o`qishlarini so`ramoqda (Video)'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan yurtimizdagi musulmonlarga murojaat va chaqiriq bilan chiqdi.

1. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o`rniga uyda peshin namozini o`qisinlar. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.

2. Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o`qilsin.

3. Masjidlarda namoz vaqtini bildirish uchun azon o`z vaqtida aytilsin.

4. Mo`min-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalishining oldini olishga o`z hissalarini qo`shsinlar.

5. Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan ushbu kasallikni daf qilishini so`rab, ixlos bilan iltijo qilishlari lozim.

6. Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini olish borasidagi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ko`rsatmalarga qat`iy amal qilish har bir musulmonning vazifasidir.

7. Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Sog`liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfeksiya ishlari o`tkazilsin.

8. Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni narxini oshirish, sun`iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o`rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar`an haromdir.

Ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boshqa o`lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar