AsosiyJinoyat

Samarqandda sodir bo`lgan yirik YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Samarqandda sodir bo`lgan yirik YTH bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval ma`lum qilinganidek, 2020 yilning 16 mart kuni soat 21:40 da Narpay tumanida yirik yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Tekshirish natijasida aniqlashicha, 29-yoshli A.Ya., “Lacetti” rusumli avtomashinani Oqtosh-Mirbozor-Langar 4R-56 yo`lida boshqarib kelib, yo`l-harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan holda M-37 avtomobil yo`lini ikkiga ajratib turuvchi beton to`siqni urib o`tib, ushbu yo`lning ikkinchi qismining 105-kilometrida “Toshkent-Xorazm” yo`nalishi bo`ylab 53 yoshli I.J., boshqaruvida 18 nafar yo`lovchilar bilan harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli avtomashinaga urilib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

Yo`l-transport hodisasi natijasida “Gazel” rusumli avtomashina haydovchisi I.J. va shu avtomashinaning yo`lovchisi 61 yoshli R.S., hodisa joyida vafot etgan, ushbu avtomashinaning 2 nafar yo`lovchilari og`ir va 9 nafar yulovchilari engil darajadagi tan jarohati olgan bo`lib, ularga tibbiy yordam ko`rsatilgan, qolgan 6 nafar yo`lovchilar tan jarohati olmaganligi aniqlangan. Shuningdek, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi A.Ya., tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan tashqari, mazkur yo`l-transport hodisasi oqibatida S.E., ga tegishli “VAZ-2106” rusumli hamda S.Sh., ga tegishli “Nexia” rusumli avtomashinalarga “Gazel” rusumli avtomashina to`qnashishi natijasida transport vositalariga shikast etkazilganligi, xaydovchilar esa tan jarohatlari olmaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o`limiga sabab bo`lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligini qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar