13

SSV: Ayni paytda infeksionist va virusolog mutaxassislarimiz etarli, volontyorlarga ehtiyoj yo`q

Salomatlik 17.03.2020, 18:33
Теглар: koronavirus, O`zbekiston, SSV, #vahimasizkarantin
803
SSV: Ayni paytda infeksionist va virusolog mutaxassislarimiz etarli, volontyorlarga ehtiyoj yo`q

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi, Sog`liqni saqlash vazirlari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirokida «O`zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko`rilayotgan choralar bo`yicha ta`lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida onlayn rejimdagi brifing o`tkazildi.

Ushbu muloqot O`zReport telekanali orqali onlayn efirga uzatildi. Unda tadbirda bevosita ishtirok etolmagan jurnalistlar va hatto teletomoshabinlar ham o`z savollari bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Xususan brifingda bugungi kunda dunyo hamjamiyatini o`ylantirayotgan koronavirus infeksiyasi va uni engish, ta`lim tizimidagi karantin bilan bog`liq masalalarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi. 

Brifingda Darakchi muxbiri dezinfeksiya masalasida savol berdi. Dezinfeksiya nima, bozorlar va ko`chalarda dezinfeksiyalash tadbirlari o`tkazilyaptimi? Bu ishlar qanchalik samara beradi? Bugungi kunda infeksionist va virusolog mutaxassislar etarlimi? Bu savollarga quyidagicha javob berildi: 

"Aytilayotgan virus buyumlarni, mebel bo`ladimi yoki eshik tutqichi bo`ladimi. Bemor shularga tekkan bo`lsa va virus saqlanib turgan bo`lsa, o`sha paytda sog`lom odam bularga tekkanda yoki buyumlarini yuvmasdan yuzi, og`ziga tekkizsa, unda kasallanib qolish xavfi bor. Shuning uchun uchun dezinfeksiyalashning ahamiyati juda muhim. Bu profilaktika maqsadida amalga oshiriladigan tadbir. Uning samarasiga keladigan bo`lsak, bemorda, yopiq binolarda, uy sharoitida o`tkaziladigan dezinfeksiyaning samarasi juda yuqori. 

Ammo ko`chalarda ochiq atmosferada virus uzoq yashamaydi. Shuning uchun ko`chada yurganda undan himoyalanishimiz o`zimizga bog`liq. Proilaktika, gigiena va antiseptika talablariga amal qilinsa, karantin talablari buzilmasa har birfuqaro o`zini va oilasini virusdan ehtiyot qilishi mumkin.

Professor N. Otabekov ta`kidlashicha:«Hozirda O`zbekistonda kasallik juda keng ko`lamda tarqalgani yo`q. Hozir 70 mingga yaqin tibbiy xodimlar bor». Shu sababli koronavirusni nazorat qiluvchi mutaxassislar etarli, ayni paytda volontyorlarga ehtiyoj yo`q.

 

Шарҳлар