Koronavirus pandemiyasi sabab Evro-2020 turniri 2021 yilda o`tkaziladi

Sport 17.03.2020, 21:12
622
Koronavirus pandemiyasi sabab Evro-2020 turniri 2021 yilda o`tkaziladi

UEFA koronavirus pandemiyasi sabab Evro-2020 turnirini 2021 yilga qoldirish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu haqda rasmiy sayti xabar qildi.

Unga ko`ra, Evropa chempionati bahslari 2021 yilning yoziga qoldirilgan. Musobaqa 11 iyundan 11 iyulga qadar bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, Evro-2020 12 iyundan 12 iyulgacha Evropaning 12ta shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Шарҳлар