O`zbekiston Fanlar akademiyasining akademik A.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo institutida “Rustan” dorisi ishlab chiqildi, deya xabar beradi 12news.uz nashri.
Mazkur dori samaradorligi bo`yicha zamonaviy tibbiyotda grippga qarshi keng qo`llaniladi. O`zbekiston Intellektual mulk agentligining ma`lumotlariga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi dori vositalari va tibbiy texnika sifati ustidan nazorat bosh boshqarmasi tomonidan Toshkentdagi etakchi klinikalardagi sinovlar natijasiga ko`ra uni tibbiyotda keng qo`llash uchun ruxsat berilgan.
“Pravda Vostoka” nashrining yozishicha, “Rustan” dorisining ta`siri Rossiya virusologlari tomonidan tadqiqotlar o`tkazilgan. Dori bezarar va nojo`ya ta`sirlari kuzatilmagan, kasallik dori qabul qilingandan besh kundan keyin o`tib ketadi.
Shuningdek, nashrning yozishicha, institutning tajriba bazasida yangi dori vositasini ishlab chiqarish boshlandi. Unga xomashyo sifatida respublikada o`sadigan sumax barglari xizmat qiladi.