13

“UzAuto” xalqqa koronavirusdan himoyalanish bo`yicha tavsiyalar berdi

Hi-tech 18.03.2020, 19:23
Теглар: tibbiy niqob, transport
609
“UzAuto” xalqqa koronavirusdan himoyalanish bo`yicha tavsiyalar berdi

Shaxsiy transport, bu — epidemiologik vaziyatda virusni yuqtirish xavfini minimallashtirishning afzal usullaridan biridir. "Garchi bu virusdan yuz foiz himoya kafolatini bermasa ham, unda atrofdagilar bilan bevosita muloqotni cheklash imkoni mavjud bo`ladi", deya ma`lumot beradi “UzAuto” kompaniyasi. 

Ammo taksi haydovchilari kun davomida ko`pchilik bilan ijtimoiy yaqin masofada bo`ladi. 

Bu borada ham kompaniya haydovchilarga avtomobil ichida quyidagi himoya vositalarini qo`llashni tavsiya qilmoqda: 

Yo`lga otlanishdan oldin haydovchi yo`lda ushlashi mumkin bo`lgan barcha yuzalar va boshqaruv vositalarini antibakterial vositalar bilan yaxshilab artib chiqishi lozim. Vaqti-vaqti bilan tashqi eshik ushlagichlarni artib qo`ying.

Qog`oz pullar bilan muomala qilishdan saqlaning — ular eng xavfli infeksiya tarqatuvchilardir. Koronavirusning tarqalishi paytida naqd to`lovlarni unutish maqsadga muvofiq. Yoqilg`i quyish shoxobchalarida, to`xtash joylarida, avtoulovlarni yuvish xizmatlarida, ehtiyot qismlarini sotib olishda ham naqdsiz to`lov usullaridan foydalaning.

Avtomobil haydovchi va yo`lovchilarning hududi cheklangan joyda birga bo`lishidir. Agar ichkarida kimdir kasal bo`lsa, unda boshqalar uchun xavf maksimaldir. Shu sababli, havo turg`unligining oldini olib, transport vositasining ichki qismini doimiy ravishda shamollatish juda muhimdir. Bugungi kunda ob-havo avtomobilni oynasi ochilgan holda minish imkonini beradi.

Yo`lovchilar har ehtimolga qarshi tibbiy niqob taqib olgani ma`qul.

Шарҳлар