13

Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (Video)

Dunyo 19.03.2020, 15:05
Теглар: Video
1736
Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi (Video)

Niderlandiya sog`liqni saqlash vaziri Bruno Bryuins parlamentda koronavirusni muhokama qilish paytida hushidan ketdi.

Majlisdan olingan lavhalarda parlament a`zolaridan biri savol bermoqchi bo`lganida, gapirishdan to`xtab qolgani, shu vaqtda minbarda turgan Bryuins hushini yo`qotib yiqilgani, uni yonidagi parlament a`zolari ushlab qolganini ko`rish mumkin. So`ng vazir o`ziga kelib, suv ichgan va shundan keyin u majlislar zalidan olib chiqib ketilgan.

Keyinroq Bryuins o`zining Twitter’ida qo`llab-quvvatlashlar uchun barchaga minnatdorchilik birdirgan va hushidan ketishi oxirgi haftalardagi qattiq ishlash va charchoq tufayli yuz beganini bildirgan.

«Hozir dam olish, ertaga esa ishga qaytib koronavirusga qarshi kurashish uchun uyga keyapman», — deb yozgan vazir.

Niderlandiyada koronavirusdan dastlabki o`lim holari 6 mart kuni qayd etilgan. Shundan buyon mamlakatda virusdan umumiy hisobda 58 kishi vafot etdi. Amerikaning Jon Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, Niderlandiyada COVID-19 2 056 kishida aniqlangan, ikki kishi rasman tuzalgan.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, 18 martda butun dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 200 ming kishidan oshdi. Kasallikka chalinish holatlarining katta qismi, ya`ni 80 foizi ikki mintaqada — Evropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to`g`ri kelmoqda.

Шарҳлар

Qalbaki ruxsat tayyorlash, sotish va undan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik ko`zda tutilgan (Video)

30.03.2020, 16:38

Qalbaki ruxsat tayyorlash, sotish va undan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik ko`zda tutilgani haqida Toshkent shahar IIBB ogohlantirmoqda.
Kecha butun O`zbekiston ahli koronavirusga qarshi kurashayotgan fidoyilarni olqishladi (Video)

28.03.2020, 09:46

Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov barcha o`zbekistonliklarni kecha 22:00da koronavirusga qashi kurashayotgan fidoiylarni qo`llab-quvvatlash uchun derazadan qarab ularni...
Bahrom Almatov: “20 yoshli qiz kasallikni bilib-bilmay, jamoat transportida, ish jarayonida yuqtirgan bo`lishi mumkin” (Video)

24.03.2020, 12:52

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan onlayn brifing bo`lib o`tdi. Savol: Kasallangan bemorlar ichida chet elda bo`lib qaytmagan, chet elda bo`lib...
FVV: Navoiy viloyatidagi Makro savdo majmuasida sodir bo`lgan yong`in yuzasidan birlamchi ma`lumot

17.03.2020, 16:22

2020 yilning 17 mart kuni soat 14:15 Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri I.Karimovdagi Makro savdo majmuasida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risidagi xabar...