13

HUMO xavfsizlik nuqtai nazaridan kartani kassirga uzatmaslik, terminalga yoki pinpadga tegmaslik imkoniyatini yaratdi

Hi-tech 19.03.2020, 16:25
493
HUMO xavfsizlik nuqtai nazaridan kartani kassirga uzatmaslik, terminalga yoki pinpadga tegmaslik imkoniyatini yaratdi

HUMO ikkita yirik savdo-xizmat korxonalari tarmoqlarida pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini 250 000 so`mgacha oshirdi.

HUMO kartalarining egalari Korzinka.uz va Makro supermarketlari tarmoqlarida jami 250 000 so`mga cha bo`lgan tovarlar haqini PIN-kodni termagan holda to`lashlari mumkin.

2020 yil 19 mart, Toshkent – O`zbekistonda COVID-19 virusi sababli joriy etilgan karantin tartibi munosabati bilan HUMO to`lovtizimi Korzinka.uz va Makro supermarketlari tarmoqlarida HUMO kartalari egalari uchun pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini 250 000 so`mgacha oshirdi. Bu vaqtinchalik chorabo`lib, aholi ko`plab to`planadigan joylarda HUMO kartalari foydalanuvchilari terminal bilan jismoniy kontaktni kamaytirish maqsadlarida qo`llaniladi.

"Biz karantin paytida kundalik xaridlar qiladigan mijozlar soni oshgan Korzinka.uz va Makro supermarketlari tarmoqlarida pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini vaqtincha oshirishga qaror qildik. Kartani kassirga uzatmaslik, terminalga yoki pinpadga tegmaslik imkoniyati xaridlar jarayonining tezroq va xavfsizroq kechishiga yordam beradi», – deb tushuntirdi, MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Bu vaqtinchalik chora, kassalarda odamlar to`planib qolishini qisqartirish va xaridorlarning kassadan o`tishini tezlashtirish imkoniyatni yaratadi. Korzinka.uz va Makrodagi ushbu qulaylik choralari mamlakatdagi umumiy vaziyat normallashguniga qadar amal qiladi. 

Ammo shuni eslatib o`tamizki, mavjud 50 000 so`m miqdorgacha bo`lgan pin-kodsiz tranzaksiyalar HUMOning butun infratuzilmasi bo`yicha amal qilishda davom etadi.

Шарҳлар