13

Uy olish uchun 254 mehnat migranti “labormigration.uz” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tdi

Hi-tech 19.03.2020, 18:05
Теглар: Uy-joy, O`zbekiston,
386
Uy olish uchun 254 mehnat migranti “labormigration.uz” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tdi

Prezidentimizning 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a`zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to`g`risida”gi farmoniga asosan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda ko`p kvartirali uylardan 3 ming 462 xonadon ajratilishi belgilangan. 

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko`p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ko`ra, turar joyga ehtiyojmand mehnat migrantlari uy olish uchun “L​​abormigration.uz” dasturiy majmuasida ro`yxatdan o`tmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.

“Labormigration.uz” dasturiy majmuasidan ro`yxatdan o`tgan fuqarolarga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan tavsiya beriladi. Mehnat migrantlari mazkur tavsiya asosida viloyat, tuman, shahar komissiyalariga ariza topshiradi. 

Joriy yilning 18 mart holatiga ko`ra, dasturiy majmuada ro`yxatdan o`tgan fuqarolar hududlar kesimida:

1. Qoraqalpog`iston Respublikasi – 11 ta

2. Andijon viloyati – 19 ta

3. Buxoro viloyati – 58 ta

4. Jizzax viloyati – 6 ta

5. Qashqadaryo viloyati – 14 ta

6. Navoiy viloyati – 10 ta

7. Namangan viloyati – 2 ta

8. Samarqand viloyati – 11 ta

9. Surxondaryo viloyati – 16 ta

10. Sirdaryo viloyati – 7 ta

11. Toshkent viloyati – 1 ta

12. Farg`ona viloyati – 7 ta

13. Xorazm viloyati – 84 ta

14. Toshkent shahri – 8 ta

Jami: 254: 

Шарҳлар

“New York Times”​: amerikalik jurnalistlar afsonaviy yo`lda O`zbekistonni ta`rifladi

12.03.2020, 19:06

Amerikaning mashhur “New York Times” nashrida fotojurnalist Toni Cenicola va Charli Uaylder muallifligida “Eng afsonaviy yo`ldagi 12 kun: Buyuk Ipak yo`li” nomli maqola chop etildi.Maqola...
O`zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari joriy qilinadi

27.02.2020, 14:32

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4611-sonli Qarori qabul qilindi. Bu haqda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartdarini...
1 yanvar: Iste`molchilardan suv qarzdorligini undirish MIBdan yangi tashkilotga o`tkaziladi

27.11.2019, 17:27

 “Aholining ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O`zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq,...