AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston 1 mlrd dollar qarz olmoqchi

'O`zbekiston 1 mlrd dollar qarz olmoqchi'ning rasmi

2020 yilda byudjetni qo`llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag`larini jalb qilish choralari ko`riladi.

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta`sirini yumshatish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasini moliyalashtirishni ta`minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni qo`llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag`larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo`shimcha mablag`larni jalb qilish choralarini ko`radi;

ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma`murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to`liq to`lanishini ta`minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma`murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi mablag`laridan foydalanilishi to`g`risidagi ma`lumotlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    Boshqa yangiliklar