AsosiySalomatlik

COVID-19 infeksiyasi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?

'COVID-19 infeksiyasi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?'ning rasmi

COVID-19 infeksiyasi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?

Tashxis faqat JSST tavsiyalarida qayd etilgan kasallikning epidemiologik va klinik ta`rifiga javob beradigan holatlardagina amalga oshiriladi. Test O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologiya laboratoriyalarida o`tkaziladi. Mustaqil foydalanish uchun test-tizimini sotib olish mumkin emas.

O`zbekiston Respublikasi qanday test-tizimini sotib oldi?

O`zbekiston koronavirus infeksiyasini aniqlash test-tizimini Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti, Rossiya Federasiyasi va Germaniyadan olgan. Test-tizimidagi reagentlar to`plami koronavirus infeksiyasini zamonaviy laboratoriya usulida tashxislash imkonini beradi. To`plamlar koronavirusni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan. Kelgusida JSST tomonidan qo`shimcha reaktivlar olish rejalashtirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test qancha vaqt davom etadi?

Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 5-6 soat kerak bo`ladi.

Hududlarda koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi mavjudmi?

Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Virusologiya ITI, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining virusologiya laboratoriyalari koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi bilan ta`minlangan.

 

    Boshqa yangiliklar