my5

Farg`onada fermer janjal qurboni bo`ldi

Jinoyat 21.03.2020, 10:26
1646
Farg`onada fermer janjal qurboni bo`ldi

Farg`ona viloyatining O`zbekiston tumanida qotillik sodir bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati qalampir internet nashriga  ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni soat 11:30 lar chamasida O`zbekiston tumani, Yangi Hayot qishlog`ida yashovchi F.M. (1995 y.t., sudlanmagan, ishchi) shu tumandagi fermer xo`jaligi rahbari Sh.A. bilan suv talashib, o`zaro janjallashadi. Janjal jarayonida F.M. qo`lidagi temirdan yasalgan bog` qaychisi bilan fermer xo`jaligi rahbarining boshiga bir necha marta qasddan uradi. Buning natijasida Sh.A. voqea joyida vafot etadi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi ("Qasddan odam o`ldirish") jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda F. M. hibsga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Шарҳлар