Му5
13

Gresiyada yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari mash`alasini topshirish marosimi muxlislarsiz o`tdi

Sport 21.03.2020, 17:09
Теглар: olimpiada, Gresiya, Yaponiya
349
Gresiyada yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari mash`alasini topshirish marosimi muxlislarsiz o`tdi

Gresiyada bu yil Tokio shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlarining mash`alasini topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Tantanali marosimga 1896 yil zamonaviy Olimpiya o`yinlarini qabul qilgan Afinadagi “Panatinaikos” stadioni mezbonlik qildi.

 Koronavirus pandemiyasi sabab mazkur tadbir ham muxlislarsiz o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mash`ala gresiyalik Rio Olimpiadasi chempionlari Ekaterini Stefanidi (langarcho`pga tayanib sakrash) va Elefterios Petrunis (sport gimnastikasi) tomonidan alanga oldirildi.

Bundan tashqari marosimda 2 nafar ma`buda ko`rinishidagi vakil ishtirok etdi. Ular qisqa estafetadan so`ng mash`alani Gresiya MOQ rahbari va XOQ a`zosi Spiros Kapralosga topshirdi. Keyin esa janob Kapralos mash`alani tantanali ravishda Tokio-2020 tashkiliy qo`mitasi vakili Naoko Imotoga uzatdi.

“Inson salomatligiga xavf solishi mumkin bo`lgan holat sabab birinchi bor estafetada uzilish qildik. Biroq bu hol bilan Olimpiada mash`alasi o`z mavqeyini yo`qotmaydi. Afsuski, mash`ala avval rejalashtirilganidek o`tmaydigan bo`ldi. Gresiya Milliy olimpiya qo`mitasi Yaponiyaga mash`alani birdamlik va do`stlik rishtalari bilan uzatmoqda. Niyat qilib qolamanki, Olimpiada mash`alasining estafetasi mamlakatingiz uchun quvonch va umid olib kirsin. Barchaga omad”, – dedi Spiros Kapralos.

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu tadbir uchun jurnalistlar akkreditasiyadan o`tkazilmadi. Natijada unda birorta OAV xodimlari ishtirok etolmadi.

Dastavval mazkur tadbir 55 nafar aktyor ijrosida sahnalashtirilgan shoular bilan o`tishi, shuningdek, unda Gresiyaning yangi Prezidenti Katerina Sakellaropulu ham qatnashishi rejalashtirilgan edi.

Biroz avval mash`ala Tokio shahriga etib bordi. 24 iyulga qadar davom etadigan estafetani yapon zaminida dzyudo bo`yicha uch karra Olimpiada chempioni Tadaxiro Nomura hamda ayollar kurashi bo`yicha uch karra Olimpiada chempioni Saori Yoshida boshlab berdilar. Yana bir ahamiyatli tomoni ular samolyot trapidan tushish vaqtida “Tokio Olimpiya marshi” simfonik musiqasi yangrab turdi. Aynan ushbu musiqiy asar 1964 yilgi Tokio Olimpiadasi uchun yaratilgan edi.

Шарҳлар