13

Tamaki koronavirus tufayli kuzatiluvchi zotiljamning og`ir turiga giriftor qiladi

Salomatlik 21.03.2020, 17:20
Теглар: chekish, JSST
912
Tamaki koronavirus tufayli kuzatiluvchi zotiljamning og`ir turiga giriftor qiladi

Jahon sog`likni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Gebreesus koronavirus pandemiyasi tarqalishi vaqtida spirti ichimliklar iste`moli va tamaki chekishni tashlashga chaqirdi. Bu haqda JSST Bosh direktori Tedros Gebreisus koronavirus pandemiyasiga bag`ishlangan brifingda aytib o`tgan. Bu haqda ria.ua xabar berdi.

Tedrosning so`zlariga ko`ra, sigaret chekish koronavirus kasalligining og`ir formasiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, u sog`lom va to`g`ri ovqatlanishga ahamiyat berishga chaqirdi.

“Masalan, bir kunda 30 daqiqa davomida sport bilan shug`ullanish mumkin. Agar karantin sababli uzoq vaqt uyda o`tirib ishlashga to`g`ri kelsa, har yarim soatda 3 daqiqalik tanaffuslar qilib turish kerak”, — deydi JSST boshlig`i.

Eslatib o`tamiz, avvalroq ushbu tashkilotning o`zi hamda O`zbekiston SSV ham alkogol koronavirusga qarshi kurashmasligini e`lon qilgan edi. Shu o`rinda eslatib o`tamiz Eronda esa, bir necha fuqaro koronavirusga chalinmaslik uchun alkogol ichib, zaharlanib vafot etgan.

Шарҳлар