13

Karantin davrida talabalarga stipendiya to`lanadimi?

Iqtisodiyot 22.03.2020, 14:11
Теглар: stipendiya, talaba
882
Karantin davrida talabalarga stipendiya to`lanadimi?

AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokida brifing tashkil etildi. Brifing "UzReport" telekanali orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatildi. Unda OAV vakillari va aholi onlayn tarzda savol berish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Jumladan bugungi kunda talabalar karantinda bo`lgani sababli ko`pchilik asosan kontrakt va stipendiya yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi. Ularning savollariga mutasaddilar atroflicha javob berishdi.

Savol: Karantin davrida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalariga stipendiya to`lanadimi?

Javob: Talabalar uchun to`lab beriladigan stipendiyalar avvalgi holatida davom etaveradi. Faqat to`lov turida o`zgarish bo`lishi mumkin.  

Ya`ni kimdir hozirgacha stipendiyasini naqd pul ko`rinishida olib kelgan bo`lsa, ta`tilda ekanini inobatga olib, ularning roziligi asosida plastik kartasiga to`laqonli tushirib beriladi.

Stipendiya to`lashda hammaga bir xil qaraladi: bakalavrlar, magistratura, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida o`qiyotganlarning barchasi belgilangan tartibda stipendiyalarini olishda davom etadilar.  

Ya`ni stipendiyali va stipendiyasiz kontrakt asosida o`qiyotganiga qaraladi.

Шарҳлар