my5

Koronavirus Ronalduning maoshiga katta talofot etkazdi

Sport 22.03.2020, 15:14
Теглар: koronavirus, Ronaldu
1712
Koronavirus Ronalduning maoshiga katta talofot etkazdi

Jahonda keng tarqalgan koronavirus sababli "Yuventus" futbolchilarning maoshini kamaytirishi mumkin: maoshning qisqarishi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga ham ta`sir qiladi. Bu haqda evrosport.ru xabar bermoqda.

Italiya futbol federasiyasi rahbari Gabriele Gavina klublarga koronavirus pandemiyasidan kelib chiqadigan iqtisodiy zararni minimallashtirish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, futbolchilar oylik maoshining 30 foizigacha qisqartirish mumkin. Natijada Ronalduning "Yuventus"dagi yillik daromadi 10 million evroga tushishi mumkin.

Ma`lumot uchun, Ronalduning "Yuventus" dagi maoshi yiliga 31 million evroni tashkil qiladi.

Шарҳлар